Erdo'g'an BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkirni qabul qildi

"Turkiyaga rasmiy tashrifim doirasida Janob prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan qabul qilindim. Janobi Oliylariga Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-Bosh Assambleyasida olib borayotgan faoliyatlarimiz haqida ma’lumot berdim",-dedi Bo’zkir.

1616141
Erdo'g'an BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkirni qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Anqarada bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi rahbari Volkan Bo'zkirni qabul qildi.

Prezidentlik saroyida bo'lib o'tgan uchrashuv matbuotga yopiq shaklda bo'lib o'tdi.

Volkan Bo'zkir twitterdagi sahifasida Turkiya prezidenti qabulida bo'lganligini ma'lum qildi.

"Turkiyaga rasmiy tashrifim doirasida Janob prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan qabul qilindim. Janobi Oliylariga Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75-Bosh Assambleyasida pandemiyasining salbiy oqibatlariga qaramay, olib borayotgan faoliyatlarimiz va BMT kun tartibidagi dolzarb loyihalar haqida ma’lumot berdim.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng demokratik tizimi bo’lgan Bosh Assambleyaga rahbarlik lavozimini egallagan ilk Turk vatandoshi bo’lganimdan va ushbu mas’uliyatli vazifani BMT tashkil topganining 75 yilligida ado etayotganimdan faxrlanaman”,-dedi Volkan Bo’zkir twitterdagi sahifasida.

Ta’kidlanishicha, Volkan Bo’zkir avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bilan ham uchrashuv amalga oshirdi.

 



Aloqador xabarlar