Ayvalikda Lesbos oroliga qarab yo‘l olgan 24 nafar muhojir qutqarildi

Balikesirning Ayvalik tumanidan Lesbos oroliga qarab yo‘l olgan 24 nafar muhojir qutqarildi.

1615445
Ayvalikda Lesbos oroliga qarab yo‘l olgan 24 nafar muhojir qutqarildi

(Turkiyaning) Balikesir viloyatining Ayvalik tumanidan Gretsiyaning Lesbos oroliga qarab yo‘l olar ekan Yalang orol atrofida chorasiz qolgan 24 nafar muhojir qutqarildi.  

Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari Ayvalik qirg‘og‘idan uzoq nuqtada bir guruh muhojirning puflangan qayiq orqali yo‘lga chiqqach, Yalang orol atrofida motorining buzilishi oqibatida chorasiz yo‘lda qolgani va yordam talab qilishi haqidagi xabar ortidan amaliyot boshlatdi.

Mintaqaga yetib borgan Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari chet ellik 24 kishini qutqardi.  

Muhojirlar Ayvalik Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligiga olib kelindi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ayvalik , #muhojir , #Lesbos

Aloqador xabarlar