Erdo'g'an Iordaniya qiroli 2-Abdulloh bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida, davlat rahbarlari Turkiya bilan Iordaniya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi

1615025
Erdo'g'an Iordaniya qiroli 2-Abdulloh bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Iordaniya qiroli 2-Abdulloh bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, bugun 5-aprel kuni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan Iordaniya qiroli 2-Abdullohning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi.

Suhbat chog'ida, davlat rahbarlari Turkiya bilan Iordaniya o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi. Ayni vaqtda, ahamiyatga molik mintaqaviy dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashildi.

Suhbat ochiq va do‘stona ruhda bo'lib o‘tdi.



Aloqador xabarlar