Chavusho’g’li:"Turkiya “Kanal Istanbul” loyihasi bo'yicha xalqaro tazyiqlarga bo'yin egmaydi"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Istanbulda amalga oshirilishi rejalangan “Kanal Istanbul” loyihasi haqida bayonot berdi.

1614764

Mavlud Chavusho’g’li Qora dengizni Egey dengiziga bog’lab turadigan “Kanal Istanbul” loyihasi bo’yicha Turkiyaga biron tazyiq o’tkazilmaganligini, agar tazyiq o’tkazilganda ham Turkiya bunga aslo bo’y sunmasligini ta’kidladi.

“Montro shartnomasi faqatgina bo’g’ozlardan o’tish bilan aloqali emas. Qora dengizda davlatlarning qancha kemasiga o’rin berilishi mumkinligi, ularning og’irligi, muddati va boshqa bir qator cheklovlarni o’z ichiga oladi. Ya’ni, “Kanal Istanbul” loyihasining Montro shartnomasi bilan hech qanday aloqasi yo’q”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

Vazirning ta’kidlashicha, Turkiyaning manfaatlari mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an yetakchiligida to’liq himoya qilinadi.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kanal Istanbul

Aloqador xabarlar