Turkiyaning Hatay viloyatida TURKSO’Y xalqaro bog'i ochildi

Tantanali ochilish marosimida Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmanistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisilari ishtirok etdilar.

1614561
Turkiyaning Hatay viloyatida TURKSO’Y xalqaro bog'i ochildi

 

Turkiyaning Hatay viloyatida TURKSO’Y xalqaro bog'i ochildi. Ochilish marosimi Turkiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmaniston davlat madhiyalari ijrosi bilan boshlandi.

Marosimda so'zga chiqqan Hatay shahar hokimi Lutfu Savash turkiy dunyo o’rtasidagi o’zaro birdamlikning ahamiyatiga diqqat qaratdi.

"TURKSO’Y bog’i turkiy tilli davlatlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga hissa qo'shadi", - dedi u.

Shuningdek, TURKSO’Y Bosh kotibi Dusen Kaseinov Hatayda TURKSO’Y bog'ining ochilishi va turkiy tilda so'zlashuvchi davlatlarning bayroqlari ko'tarilishi  ushbu  xalqlar o'rtasidagi doimiy birdamlik ramzi ekanligini ta'kidladi.

U o'z navbatida TURKSO’Yga a'zo davlatlarning Turkiyadagi elchilariga, tegishli muassasalarga va birodarlik munosabatlarini mustahkamlashga hissa qo'shganlarga minnadorlik bildirdi.

 

Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik munosabatlari yanada rivojlanmoqda

Ozarbayjon Respublikasining Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Hazor Ibrohim turk va ozarbayjon xalqlari ikki millat bo'lishiga qaramay, bir millatning farzandlari ekanligini ta'kidlab, so'nggi yillarda Turkiya va Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik misli ko'rilmagan darajada rivojlanib kelayotganini ta'kidladi.

“Ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik prezidentlarimiz rahbarligida rivojlanib bormoqda. Turkiyada men o'zimni mehmon sifatida emas, balki mezbon sifatida ko'raman. Turk bo'lish qanday baxt!”,- dedi u.

Qirg‘iziston Respublikasining Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Kubanichbek O’muraliyev, O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Agzamho‘jayev va Turkmanistonning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Ishankuli Amanaliyev ushbu parkning ochilishiga hissa qo‘shganlarga minnatdorlik bildirishdi.


Tanlangan kalimalar: #TURKSOY , #Hatay , #Turkiya

Aloqador xabarlar