Kalin Hasekedagi terroristlarning yoshlarni qurol ostiga olishiga munosabat bildirdi

Ibrahim Kalin Hasekedagi PKK/ YPG terror tashkilotining yoshlarni qurol ostiga olishiga munosabat bildirdi.

1614033
Kalin Hasekedagi terroristlarning yoshlarni qurol ostiga olishiga munosabat bildirdi

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin YPG/ PKK terror tashkilotining Suriyaning Haseke viloyatida bir oyda yoshlardan iborat 2 ming 700 kishini ushlab, majburiy yo‘llar bilan qurol ostiga olishiga munosabat bildirdi.

Kalin Twitter hisobi orqali mavzu haqida qoldirgan postida YPG/ PKK terror tashkilotining Suriyaning Haseke viloyatida mart oyida yoshlardan iborat 2 ming 700 kishini og‘irlab, ularni majburiy yo‘llar orqali qurol ostiga olganini ma’lum qildi.

Matbuot xizmati kotibi Kalin bu haqida shuningdek,

“G‘arb Suriyada PKKni ortiqchaligi bilan idealizatsiya va romantizatsiya qildi. Uni qo‘llab - quvvatlaguvchilar biron nima deydimi? Ehtimol, yana indamaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar