Turk Qurolli kuchlari Ozarbayjon armiyasining malaka oshirishiga rahbarlik qilmoqda

TQK, mina va portlaguchi moddalarni yo‘q qilish bo‘yicha mutaxassislari Ozarbayjon armiyasining malaka oshirishiga rahbarlik qilmoqda.

1613712
Turk Qurolli kuchlari Ozarbayjon armiyasining malaka oshirishiga rahbarlik qilmoqda
tsk azerbaycan ordusu egitim1.jpg
tsk azerbaycan ordusu egitim.jpg

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) mina va portlaguchi moddalarni yo‘q qilish bo‘yicha mutaxassislari Ozarbayjon armiyasining malaka oshirishiga rahbarlik qilmoqda.

Terroristlarning xoin hiylalariga to‘siqlik qilgan mutaxassislar, o‘z tajribalarini chet ellik harbiylar bilan bo‘lishmoqda.

Ulardan biri ham qardosh o‘lka Ozarbayjondir.

Ushbu jarayon murakkab shartlarda zamonaviy va ustun texnologik tizimlar yordamida yo‘lga qo‘yilmoqda.

“99 foiz muvaffaqiyat” degan shior bilan ish boshlagan mutaxassislar sohada ham ta’lim tarmog‘ida ham yuz foiz muvaffaqiyatga erishishni ko‘zlamoqda. Ozarbayjon askarlari ham huddi shu prinsib bilan mashqda ishtirok etmoqda.  

Turkiyalik harbiy mutaxassislar tomonidan Ozarbayjon Qurolli kuchlariga berilgan ta’limda mina va qo‘lda yasalgan portlaguvchi moddalarni qanday qilib topib, aniqlab, uni yo‘q qilish masalasi oxirgi, zamonaviy texnologiyalar yordamida tushintirilmoqda.  

Izmirda mashq 8 hafta davom etadi.

Turk Qurolli kuchlarining Ozarbayjondan tashqari Liviya, Somali va Afg‘oniston armiyalariga bergan ta’lim jarayoni ham davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #TQK , #Ozarbayjon armiyasi

Aloqador xabarlar