Suleyman Soylu: “PKKning mamlakatdagi qurolli a’zolari soni 300 dan kamaydi”.

Suleyman Soylu PKK terror tashkilotining mamlakatdagi qurolli a’zosi sonining 300 dan kamayganini qayd etdi.

1613693
Suleyman Soylu: “PKKning mamlakatdagi qurolli a’zolari soni 300 dan kamaydi”.

Ichki Ishlar vaziri Suleyman Soylu PKK terror tashkilotining mamlakatdagi qurolli a’zosi sonining 300 dan kamayganini qayd etdi.

Suleyman Soylu, PKK terror tashkiloti tarkibiga o‘tgan yili 53 kishining kirgani lekin Milliy Politsiya idorasi bilan jandarmeriya xodimlarining ko‘ndirish faoliyatlari natijasida 243 kishining tog‘dan tushirilganini bildirdi.

Bu yil esa tashkilot tarkibiga 11 kishining qo‘shilganini yodga solgan Soylu, ko‘ndirish faoliyatlari natijasida xavfsizlik xodimlariga taslim bo‘lganlar sonining esa 40 nafar ekanini ifoda etdi.

Bugungi kunga kelib PKKning mamlakatdagi qurolli a’zolari sonining 300 dan kamayganini ta’kidlagan Soylu,

“Birma - bir adovini beramiz. Bu yil ularga tarixning eng buyuk badalini to‘latamiz. Ularga haddini bildirish, nomusimiz burchidir. Terrorni har bir nuqtada yo‘q qilishda qarorimiz qat’iydir”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar