Turkiyada kunlik koronavirusga chalinish holati 40 mingga yaqinlashdi

Kecha, 31 mart kuni global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig’ilishi Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi Fahriddin Ko’ja raisligida bo'lib o'tdi.

1612948
Turkiyada kunlik koronavirusga chalinish holati 40 mingga yaqinlashdi

 

Kecha, 31 mart kuni global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo’yicha Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig’ilishi Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi Fahriddin Ko’ja raisligida bo'lib o'tdi.

Turkiya sog'liqni saqlash vazirligining yig'ilish yakuni bo'yicha bayonotiga ko'ra, Turkiyada o'tgan 24 soat ichida 39 ming 302 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Bu Turkiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri qayd etilgan eng yuqori kunlik ko'rsatkich hisoblanadi.

Mart oyining boshida Turkiya hukumati mamlakatda virus tarqalishini kamaytirish uchun o'rnatilgan cheklovlarni yumshatgandi. Ammo, bu holat yangi kasallanishlar sonining oshishiga olib keldi. Shuning uchun 29 mart kuni prezident Rajab Tayyib Erdo'g'an ehtiyot choralari kuchaytirilishi, jumladan, musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan Ramazon oyida har haftaning shanba va yakshanba kunlari to'liq lokdaun holati joriy qilinishini e`lon qildi.

Sog'liqni saqlash vazirligining ma`lumotlariga ko'ra, mamlakatda o'tgan bir sutka davomida 152 kishi koronavirusdan vafot etdi va bu bilan virus qurbonlarining umumiy soni 31 537 kishiga etdi.

"Bizda koronavirusning britancha shtammi 180 ming 448 kishida aniqlandi va bu mamlakatimizdagi COVID-19ga chalinganlarning 75 foizini tashkil qiladi",-dedi Sog'liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko'ja.

Ko'ja shuningdek, hukumat iyun oyining oxiriga qadar aholining aksariyat qismini emlashga qaror qilganligini aytgan. Turkiyada 14 yanvar kuni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlangan bo'lib, shu paytgacha 16 milliondan ortiq odam vaksinani qabul qilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Fahriddin Ko'ja , #Turkiya

Aloqador xabarlar