Mavlud Chavusho’g’li general Abdul Rashid Do'stum bilan uchrashdi

"Afg'onistonda yashovchi turkiy xalqlar sardori sifatida tanilgan o'zbek lider Abdul Rashid Do'stum bilan Afg’onistondagi tinchlik jarayoni va mamlakatda turkiy xalqlarning bugungi vaziyati haqida suhbatlashdik",-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

1612928
Mavlud Chavusho’g’li general Abdul Rashid Do'stum bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Afg’onistonning sobiq vitse-prezidenti general Abdul Rashid Do'stum bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Mavlud Chavusho’g’li va Abdul Rashid Do'stum uchrashuvi Turkiya tashqi ishlar vazirligi qarorgohida bo’lib o’tdi.

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali ushbu uchrashuvga munosabat bildirib, "Afg'onistonda yashovchi turkiy xalqlar sardori sifatida tanilgan o'zbek lider Abdul Rashid Do'stum bilan Afg’onistondagi tinchlik jarayoni va mamlakatda turkiy xalqlarning bugungi vaziyati haqida suhbatlashdik",-dedi.

“Qardosh Afg’on xalqining mamlakatda tinchlik va barqarorlik o’rnatish yo’lidagi sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li twitterda.

Eslatish joizki, Afg'onistonning o'zbek millatiga mansub harbiy va siyosiy arboblaridan biri – Abdul Rashid Do'stum Afg'oniston shimolidagi Juzjon viloyatining Xo'jadukka tumanida tug'ilib o'sgan. Uning otasi o'zbek, onasi esa turkman bo'lgan. U qirq yildan ortiq Afg'onistonda harbiy-siyosiy sohada faoliyat olib boradi.



Aloqador xabarlar