Turk Sohil xavfsizlik xodimlari yana 71 nafar muhojirni qutqardi

Turk Sohil xavfsizlik xodimlari yana 71 nafar muhojirni qutqardi. Kecha 144 muhojir qutqarilgandi.

1611134
Turk Sohil xavfsizlik xodimlari yana 71 nafar muhojirni qutqardi

Turkiyaning Izmir viloyatining Cheshme va Dikili tumanlarida, Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan Turk hududiy suvlariga itarilgan 71 nafar muhojir qutqarildi.

Cheshme tumanidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada bir guruh muhojir borligi haqidagi ma’lumotga muvofiq mintaqaga Turk Sohil xavfsizlik qo‘mondonligiga oid qayiq yo‘lga chiqdi.

Turk hududiy suvlariga itarilgani aniqlangan puflangan qayiqdagi 28 nafar muhojir quriqlikka olib chiqildi.

Gretsiya Sohil xavfsizlik xodimlari tomonidan motori olib tashlanib yo‘ldan qaytarilgan qayiqdagi 24 nafar muhojir esa Dikili tumanidagi Denizko‘y qirg‘og‘idan uzoq nuqtada qutqarildi.

Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari tomonidan shuningdek, Dikilidagi dengiz qirg‘og‘idan uzoq nuqtada ayni unsurlar tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan ishirilgan qayiq ichidagi 19 nafar muhojir ham quriqlikka olib chiqildi.  

Ular orasida ayollar va bolalar ham bor 71 nafar muhojir kerakli protsedura ortidan Migratsiya idorasiga yuborildi.

Kecha ham Chanoqqal’a, Balikesir va Mug‘la qirg‘oqlaridan uzoq nuqtada Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 144 muhojir qutqarilgandi.



Aloqador xabarlar