Turkiyada Covid - 19ga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda

Turkiyada Covid - 19 ga qarshi emlash jarayoni muammosiz davom etmoqda.

1610452
Turkiyada Covid - 19ga qarshi emlash jarayoni davom etmoqda

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi 14 million 794 ming dozadan ortiq vaksina qabul qilindi.

2021 - yilning 14 - yanvari kuni tibbiy xodimlarni emlash bilan boshlagan emlash jarayoni muammosiz davom etmoqda.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tashkil topgan Ilmiy kengash tomonidan tuzilgan taqvim asosida Turkiya, emlash bo‘yicha 2 - bosqichning 2 - guruhiga o‘tdi.  

Shu doirada 60 yosh va undan kattalar bilan ularning turmush o‘rtoqlari va xavfli guruh kategoriyasida o‘rin olgan ba’zi bemorlar uchun emlash kunlari berila boshladi.

Xavfli guruhdagi morbit semizlik, malign shishi bor saraton kasallari va dializ bilan og‘rigan bemorlar, daun sindromi tashhisi qo‘yilgan va immuno - supressiv terapiya olganlar bu bosqichda oldindan emlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #emlash jarayoni , #Covid-19

Aloqador xabarlar