Mavlud Chavusho'g’li Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Bo’lib o’tgan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

1610793
Mavlud Chavusho'g’li Tojikiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li Tojikistonga tashrifi doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish va hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga, xususan joriy yilda amalga oshiriladigan o’zaro oliy darajadagi ziyoratlarga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvdan so’ng ikki davlat tashqi ishlar vazirlari ishtirokida qo’shma matbuot anjumani o’tkazildi.

Mavlud Chavushog’li anjumanda so’zlagan nutqida Turkiya va Tojikiston o’rtasidagi munosabatlar savdo-iqtisodiy, xavfsizlik, ta’lim, madaniyat, konsulxona xizmati va boshqa bir qator sohalarda yuqori ko’rsatgichga erishganligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an koronavirus epidemiyasi sababli keyinga qoldirishga majbur bo’lgan Tojikistonga tashrifini iloji bo’lsa, yaqin kunlarda amalga oshirmoqchi. Bu fursatdan foydalanib, Turkiya-Tojikiston hamkorlik kengashi yig’ilishini o’tkazishni taklif qildi.

Shuningdek, prezident Erdo’g’an Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonni 18-20 iyunda o’tkaziladigan “Antaliya Diplomatiya forumi”ga taklif qilganligi qayd etildi.

Vazirning ta’kidlashicha, hozirda Tojikiston fuqarolari Turkiyada 90 kungacha vizasiz qolishi mumkin.

“Umid qilamanki, kelgusida Tojikiston ham Turkiya vatandoshlariga vizani bekor qiladi”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Bundan tashqari, Turk havo yo’llari Tojikistonga aviareyslar sonini oshirish istagini tilga olgan Mavlud Chavusho’g’li ushbu masala bo’yicha Tojikiston tomoni zarur imkoniyatni yaratishini iltimos qildi.

U o’z navbatida, ertaga Tojikiston va Afg’oniston yetakchiligida bo’lib o’tadigan “Osiyoning qalbi – Istanbul jarayoni” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining 9-konferensiyasini tashkil etganligi munosabati bilan Tojikistonga minnatdorlik bildirdi.

“Tojikiston tashqi ishlar vaziri qardoshim Sirojiddin Muhriddinni ham Turkiyada amalga oshiriladigan Afg’oniston mavzusidagi yig’ilishga ishtirok etishidan xursand bo’laman”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.


Tanlangan kalimalar: #Tojikiston , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar