Turkiyada bugungacha 14 million dozadan ortiq vaksina qabul qilindi

Faxrettin Ko‘ja Ilmiy kengash bilan bo‘lgan yig‘ilish ortidan kecha oqshom bergan bayonotida, pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi.

1608728
Turkiyada bugungacha 14 million dozadan ortiq vaksina qabul qilindi

Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘janing qayd etishicha Turkiyada bugungacha 14 million dozadan ortiq vaksina qabul qilingan.

Faxrettin Ko‘ja Ilmiy kengash bilan bo‘lgan yig‘ilish ortidan kecha oqshom bergan bayonotida, pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot berdi.  

“(BioNTech vaksinasi) 1.4 million dozaga yetdi. Bu, aprel oyining boshida 4.5 million dozaga yetadi. Qo‘shimcha sifatida 30 million dozalik opsionli shartnoma tuzildi”. - deya gapirdi.

Sog‘likni Saqlash vaziri, may oyining oxirigacha jami 100 million dozalik vaksinaning Turkiyaga yetib kelishini kutganliklarini qayd etdi. Shuningdek,

“Yurtimiz bugun, virus va shunga o‘xshash bo‘lakchalarning vaksinasining Faz 1 faoliyatlarini boshladi. Bu vaksina turi butun dunyodagi eng inovativ vaksina nomzodlaridan biridir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar