Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvidagi masjidga sodir etilgan hujumni qoraladi

“Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvining Limasol shahridagi Episkopi qishlog’ida joylashgan masjidga sodir etilgan hujumni qoralaydi. Turkiya bu harakatni “provokatif hujum” deb baholaydi”,-deyiladi bayonotda.

1608992
Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvidagi masjidga sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvi hududida joylashgan masjidga sodir etilgan hujumni qoraladi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bu haqda yozma bayonot berdi.

“Turkiya Janubiy Kipr Rum boshqaruvining Limasol shahridagi Episkopi qishlog’ida joylashgan masjidga sodir etilgan hujumni qoralaydi. Turkiya bu harakatni “provokatif hujum” deb baholaydi”,-deyiladi bayonotda.

“Kipr masalasiga siyosiy yechim topishga qaratilgan sa’y-harakatlar avj olgan bir paytda masjidga sodir etilgan provokatif hujum ikki xalq o’rtasida o’zaro ishonchga putur yetkazishi muqarrar”,-deb ilova qilinadi bayonotda.

Shuningdek, “Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti janob Ersin Tatarning voqea javobgarlarini zudlik bilan aniqlab, sudga topshirishi bo’yicha talabiga qo’shilamiz va bunday voqealarning takrorlanishini oldini olish uchun zarur chora-tadbirlarning olinishini kutib qolamiz”,-deb bayonot bergan Turkiya tashqi ishlar vazirligi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Kipr Rum boshqaruvi , #Turkiya

Aloqador xabarlar