Liviya bosh vazirlik kengashi rahbari Turkiyaga tashrif buyuradi

Liviya bosh vazirlik kengashi rahbari Muhammad Yunus al-Manfi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan, bugun Turkiyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

1608750

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma’lum qilishicha, tashrif chog’ida, Turkiya va Liviya o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari ko’zdan kechiriladi.

Ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qo‘shma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashilishi rejalangan.

Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yunus el-Menfi , #Libiya

Aloqador xabarlar