Shentop: “Terrorga qarshi kurash hamma uchun muhim kun tartibi masalasi”.

Antaliyada uyushtirilgan “Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy aloqaning mustahkamlanishi” deb nomlangan Parlament raislarining navbatdagi konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

1608331
Shentop: “Terrorga qarshi kurash hamma uchun muhim kun tartibi masalasi”.

Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafa Shentop, terrorga qarshi kurashning hamma uchun muhim kun tartibi masalasi bo‘lishni davom etganini qayd etdi.  

Shentop yetakchiligida Antaliyada uyushtirilgan “Terrorizmga qarshi kurash va mintaqaviy aloqaning mustahkamlanishi” deb nomlangan Parlament raislarining navbatdagi konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

“Mening terror tashkilotimz yaxshi, sening terror tashkiloting yomon” degan tushunchasining qabul qilinmay turgan darajada noto‘g‘ri ekaniga e’tibor qaratgan Shentop, terrorning har qanday turiga qarshi kurashning qarorlilik bilan olib borilishi kerakligini ta’kidladi.

Bu murakkab kurashda ikki yuzlamachilikdan iroq bo‘linishi kerakligini ifoda etgan Mustafa Shentop,

“Bir terror tashkiloti boshqa terror tashkilotiga qarshi olib borilgan kurashda sherik bo‘lolmaydi. Chunki, terror tashkilotlari orasida farqli siyosatlar kuzatilishi mushtarak xavfsizligimiz jihatidan salbiy tusdagi oqibatlarga olib kelishi aniq”. - dedi.

Turkiyaning bir vaqtning o‘zida PKK/ PYD/ YPG, FETO va Al - Qoida kabi ko‘plab terror tashkilotiga qarshi kurash olib borganini eslatib o‘tgan TBMM raisi Shentop, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni tahdid ostiga qo‘ygan terrorizmning, har qanday jihati bilan Turkiya uchun uzoq vatqdan beri xavf tug‘dirib, tashvish manbaii ekanini ta’kidladi.

Shentop, hech qaysinisini ajratmay barcha terror faoliyati va tashkilotlariga qarshi kurash olib borganliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar