Erdo'g'an:"Turkiyada 2023 yil Xalq ittifoqi uchun zafar yili bo'ladi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Anqarada bo’lib o’tgan  Ak partiyaning 7-Favqulodda kongressida ma’ruza qildi.

1607994
Erdo'g'an:"Turkiyada 2023 yil Xalq ittifoqi uchun zafar yili bo'ladi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha Anqarada bo’lib o’tgan  Ak partiyaning 7-Favqulodda kongressida ma’ruza qildi.

Prezident o’z ma’ruzasida Turkiyani dastavval Respublika tashkil topganining 100 yilligiga to’g’ri kelgan 2023 yilgacha belgilangan maqsadlarga, so’ngra 2053 yilgi marralarga Xalq ittifoqi (MHP-AKP ittifoqi) bilan birga erishtirishini ma’lum qildi.

“Tarixda Turkiyani va turk xalqini o’z ichki qiyinchiliklari bilan mashg’ul qilib, oxirgi ikki asrdir taraqqiy etishini oldini olishdi. Yana xuddi shu rejani ko’zlashyabdi, biroq bu safar buni uddalay olmaydilar. Chunki, bu safar yangi Turkiya mavjud. 84 mln xalqi bilan hamjihat bo’lgan Turkiya mavjud. Bu safar yangi global siyosiy va iqtisodiy tartibda o’z o’rnini egallash uchun 2023 yilgi (2053-yigi, 2071-yilgi) rejalarga intilgan Turkiya mavjud. So’nggi 8 yildan buyon barcha tuzoqlarni yanchib o’tgan Turkiya mavjud”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Ak partiya 2023 yilgi rejalarni yangi boshlang’ich deb qabul qilib, 21 asr va undan keyingi davrni qamrab oladigan buyuk va kuchli Turkiyani insho etdi. Ak partiya Turkiyani ta’limdan salomalikkacha, sanoatdan sport sohasigacha bo’lgan ko’plab yo’nalishlarda yirik investitsiyalar bilan yuqori marralarga olib chiqdi. Nafaqat Turkiyaga xavf solayotgan terror tashkiloti PKKni, balki boshqa barcha terroristik tashkilotlarni mag’lubiyatga uchratib, mamlakat hududida harakat qila olmaydigan vaziyatga keltirildi.

Transport sohasiga 932 mlrd lira investitsiya jalb qilinib, Turkiyaning infratuzilmasi qayta shakllantirildi. Global xatar – koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlaridan ta’sirlangan bo’lsa-da, Turkiya kelajakning eng yirik havo yo’li transport infratuzilmasiga ega bo’lib, dunyoda birinchi o’ringa chiqishga intilmoqda.

 



Aloqador xabarlar