Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu Blinken bilan bo‘lgan uchrashuvini baholadi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Belgiya poytaxti Bryusselda NATO qarorgohida uchrashdi.

1607742
Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu Blinken bilan bo‘lgan uchrashuvini baholadi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Fetullahchi terror tashkiloti, PKK/ PYD terror tashkiloti muammolari va S - 400 zenit raketa tizimlarini qo‘lga olganliklarini ma’lum qildi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken bilan Belgiya poytaxti Bryusselda NATO qarorgohida uchrashdi.

Uchrashuv ortidan uni baholagan Chavusho‘g‘lu,

“Turkiyaning S - 400 ni olgani va bu ishning tugaganini yana bir bor yetkazdik. Ittifoqlarimizdan bu mahsulotlarni ololmaganimizni qayd etdik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu Blinken bilan konstruktiv mazmunda uchrashuv o‘tkazganliklarini belgilab o‘tgan holda,

“PKKning oxirgi vaqtlarda ortgan hujumlarini ham yodga soldik. Suriya masalasini insoniy jihatlari bilan ham qo‘lga oldik”. - deya gapirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi bilan Turkiya yoki AQShda yana - da keng ko‘lamli bir yig‘ilish o‘tkazish borasida kelishib olinganini ifoda etdi.

Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston konferensiyasining aprel oyida o‘tkazish niyatida ekanliklarini ham o‘z so‘ziga ilova etgan holda,

“Dohaga alternativ platforma istamaymiz. Qo‘llab - quvvatlaguvchi yig‘ilish o‘tkazishni xohlaymiz”. - deya gapirdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlari masalasida esa:

“Bojxona ittifoqi yangilanishi lozim. Vizasiz rejim yo‘lga qo‘yilishi kerak. Sharqiy O‘rta yer dengizida adolatli munosabatda bo‘lish muhim. Kipr muammosini butunlay hal qilishga harakat qilyapmiz”. - dedi.



Aloqador xabarlar