Erdo’g’an va Merkelning videokonferensiya shaklida uchrashuvi bo'lib o'tdi

Turkiya va Germaniya yetakchilarining online uchrashuvi kun tartibidan jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuchayishi sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi.

1607358
Erdo’g’an va Merkelning videokonferensiya shaklida uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Germaniya Federal kantsleri Angela Merkel bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

Turkiya va Germaniya yetakchilarining online uchrashuvi kun tartibidan jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuchayishi sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin oldi. Shuningdek, Turkiya va Yevroittifoq munosabatlarini chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslar hamda ahamiyatga molik mintaqaviy dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.

Erdo’g’an Turkiya-Yevroittifoq munosabatlari bo’yicha konstruktiv muloqotlarni amalga oshirish ikki tomonlama munosabatlarning barqaror sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minlayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. Ushbu ijobiy muhitni yaratishda Merkelning xizmatlari beqiyos ekanligi alohida ta’kidlandi.

Erdo’g’an o’z navbatida, Merkelga Egeyda va Sharqiy O’rta yer dengizida diplomatik muloqotni samarali o’tkazishga Gretsiyani jalb qilish zarurligini bildirdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Germaniya Federal kantsleri Angela Merkel xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar hamda global va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashdilar.

Turkiya va Germaniya yetakchilarining uchrashuvi har doimgidek ochiq va konstruktiv muhitda, ishchan va do‘stona ruhda o‘tdi.



Aloqador xabarlar