Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Dragi bilan muloqot qildi

Tomonlar ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga chiqarishni ko’zda tutmoqda. Ayniqsa, mudofaa sanoatida qo’lga kiritilgan yuqori o’sish sur’atini davom ettirishga kelishib olindi.

1607260
Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Dragi bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Italiya bosh vaziri Mario Dragi bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Turkiya-Italiya munosabatlarini yana-da rivojlantirishga qaratilgan yangi rejalar ko’zdan kechirildi. Shuningdek,  mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.

Erdo’g’an suhbat avvalida,  Italiyaning yangi bosh vaziri etib saylanganligi munosabati bilan Mario Dragini tabrikladi. Unga mas’uliyatli vazifasida katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Ikki mamlakat o’rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash mushtarak mintaqaning barqarorlik va farovonligiga hissa qo’shadi.

Erdo’g’an shu maqsad bilan Turkiya-Italiya hukumatlararo 3-sammitini pandemiya sharoitiga mos ravishda tez fursatda amalga oshirish istagini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, tomonlar ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmini 30 mlrd dollarga chiqarishni ko’zda tutmoqda. Ayniqsa, mudofaa sanoatida qo’lga kiritilgan yuqori o’sish sur’atini davom ettirishga kelishib olindi.

Yevropa Ittifoqiga to’liq a’zo bo’lish Turkiyaning strategik maqsadi ekanligini tilga olgan Erdo’g’an, Italiya bu yo’lda Turkiyaga yordamini davom ettirishiga ishonchi komil ekanligini ta’kidlab o’tdi.

“Italiya va Turkiya migratsiya inqirozida afsuski, yolg’iz tashlab qo’yildi. Migratsiya masalasida haqqoniy mas’uliyat va yukni teng bo’lishishga zarurat bor”,-dedi Turkiya prezidenti.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, 18-mart memorandumini (Ortga qabul shartnomasi) yangilash zarur. Bu Turkiya-Yevroittifoq munosabatlarida yo’lga qo’yilishi ko’zda tutilgan ijobiy kun tartibning asosini tashkil qiladi.  Ushbu faoliyatlar Turkiya vatandoshlari uchun viza erkinligi, Bojxona ittifoqini qayta shakllantirish va muzokaralarda yangi modda muhokamasiga o’tish kabi xususlarni o’z ichiga oladi.

Suhbat samimiy, do’stona va konstruktiv ruhda bo’lib o’tdi.



Aloqador xabarlar