Bugun Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi Turkiyaga tashrif buyuradi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

1607191
Bugun Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi Turkiyaga tashrif buyuradi

 

Bugun, 24 mart kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi 24-26 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo’ladi.

Xitoy delegatsiyasi bilan bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Xitoy o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari muhokama qilinadi. Shuningdek mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Vang Yi , #Xitoy , #Turkiya

Aloqador xabarlar