Mavlud Chavusho'g’li BMT bosh kotibining Kipr bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

Mavlud Chavusho'g’li, Lute bilan aprel oyida Jenevada Kipr masalasiga bag’ishlab o’tkaziladigan 5+1 formatidagi norasmiy anjumanga tayyorgarlikni ko’zdan kechirganligini qayd etdi.

1606116
Mavlud Chavusho'g’li BMT bosh kotibining Kipr bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li BMT bosh kotibi Antonio Guterresning Kipr bo’yicha maxsus maslahatchisi Jan Holl Lute bilan Anqarada uchrashdi.

Uchrashuvda Kiprdagi vaziyat muhokama qilindi.

Uchrashuv tafsilotlari haqida twitter’da ma’lum qilgan Mavlud Chavusho'g’li, Lute bilan aprel oyida Jenevada Kipr masalasiga bag’ishlab o’tkaziladigan 5+1 formatidagi norasmiy anjumanga tayyorgarlikni ko’zdan kechirganligini qayd etdi.

“Kiprdagi barcha tomonlar manfaati uchun barqaror va real yechim ikki davlatning suveren tengligiga asoslangan hamkorlikdir”,-deb yozadi Mavlud Chavusho'g’li twitterdagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #Kipr , #BMT , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar