Turkiya O‘zbekistonning Samarqand shahrida Bosh konsulxona ochmoqda

Turkiya O‘zbekistonning Samarqand shahrida Bosh konsulxona ochmoqda. Bu haqida Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar bayonot berdi.

1595251
Turkiya O‘zbekistonning Samarqand shahrida Bosh konsulxona ochmoqda

Turkiya O‘zbekistonning Samarqand shahrida Bosh konsulxona ochmoqda.

Turkiyaning Toshkentdagi elchisi Olgan Bekar, Samarqandda ochiladigan Bosh konsulxona haqida,

“Turkiya Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini 1991 - yili tan olgan birinchi davlat sifatida Toshkentda ham birinchi elchixonasini ochgan davlatdir. Huddi mana shu tarixiy javobgarchilik bilan Turkiya O‘zbekistonda Bosh konsulxona ochish haqida qaror qabul qilgan davlatlar qatorida birinchi o‘rinda turadi”. - dedi.

O‘zbekistonga yangi elchi deb tayin qilingan Bekar, Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ishtirokida 7 - mart kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tadigan Samarqand Bosh konsulxonasi haqida bayonotlar berdi.

Olgan Bekar, Turkiya bilan O‘zbekiston munosabatlarida Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev liderligida katta shaxdam qadamlar tashlanganini ta’kidlagan holda,

“Samarqandda ochiladigan Turkiya Respublikasi Bosh konsulxonasi, o‘zaro munosabatlarimizda yuz bergan ijobiy tusdagi jarayonda yangi tajriba bo‘ladi. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy, savdo va bashariy munosabatlarimiz bosh bo‘lish bilan birga barcha tarmoqlarda kuchli qardoshlik aloqalariga tayangan strategik sheriklik saviyasidagi ikki mamlakat munosabatlariga muhim hissa qo‘shadi. Ikki qardosh o‘lka o‘rtasida diplomatik munosabatlarning yo‘lga qo‘yilishining 29 - yilligida Samarqand Bosh konsulxonamizning ochilishi haqidagi suyunchli xabarni berish, bizga alohida quvonch baxsh etmoqda”. - dedi.

Bekar,

“O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi doimiy do‘stlik va qardoshlik aloqalarining ramziga aylanadigan Samarqanddagi Bosh konsulxonamizning o‘zaro munosabatlarimiz va xalqlarimizning qadrli xizmatida bo‘lishiga ishonchim komil”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar