Shentop: “TBMM, Kipr masalasi bilan aloqali har qanday vaziyatni yaqindan kuzatib boradi".

Mustafa Shentop, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Ersan Saner va yetakchiligidagi hay’at bilan kecha majlisda uchrashuv o‘tkazdi.

1594907
Shentop: “TBMM, Kipr masalasi bilan aloqali har qanday vaziyatni yaqindan kuzatib boradi".

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Bosh vaziri Ersan Saner va yetakchiligidagi hay’at bilan kecha majlisda uchrashuv o‘tkazdi.

Majlis yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Shentop ushbu uchrashuvda, Turkiya uchun ShKTRning alohida o‘ringa ega ekanini bildirib, ikkala mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning kundan - kunga yana - da mustahkam tus olganini ko‘rishning g‘urur vasilasi ekanini qayd etgan.

Turkiya va ShKTRning hamkorlik va birdamlik ruhi orqali barcha qiyinchiliklarning uddasidan kela oladigan iroda va qudratga ega ekanini bildirgan Shentop,

“Covid - 19 pandemiyasi butun dunyoni qurshab olgan bir davrda kiprlik turk qardoshlarimizga kerakli yordamni bera olish uchun har qanday g‘ayratni sarf etganimizni, barcha imkonlarimizni safarbar qilganimizni bilishingizni xohlayman”. - deya gapirdi.

Shentop TBMMning, Kipr masalasi bilan aloqali har qanday vaziyatni yaqindan kuzatganini ifoda etdi.

“50 yildan ortiq bir davrdan beri muzokara qilingan federatsiya modelining, (Kiprning) grek qismining ‘Orolning yagona egasi menman” tushunchasi yuzasidan Kipr masalasini hal qilolmagani o‘rtada”. - degan Shentop,

“Orolda ikki boshqa xalq, ikki boshqa demokratiya tartibi va ikki boshqa davlat mavjud. Muammo faqatgina shu haqiqatlarni asos olgan bir yo‘ndashuv orqaligina hal qilinishi mumkin. Bu doirada Kipr Turk xalqining mustaqil tenglik asosida ikki davlatga asoslangan yo‘lini qo‘llab - quvvatlaymiz. Xalqaro hamjamiyatga ham Kipr Turk xalqining muammoni hal qilish irodasini hurmat qilishi kerakligini yetkazishga urinmoqdamiz.

Kipr Turk xalqining o‘rni, hurriyati va kelajagining kafolat ostiga olinishi tinchlik, farovonlik va xavfsizligining ta’minlanishi, rivojining davom etilishi va dunyo bilan butunlashishi ustivor vazifalarimizdan biri bo‘lishni davom ettiradi. Turkiya Kipr Turk xalqi bilan bir yo‘lda qadam tashlashni davom ettiradi va yo‘’limiz birdir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Bosh vaziri Ersan Saner esa Kipr Turk xalqining, haqli kurashida o‘z yo‘lini davom ettirar ekan ona vatandan olgan kuch va qudrat yordamida hormay - tolmay yo‘lini davom ettirishini, bu borada zarracha shubhalarining yo‘qligini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #TBMM , #ShKTR , #Mustafa Shentop , #Ersan Saner

Aloqador xabarlar