Fuat O’ktay Gruziya TIV rahbari David Zalkalianini qabul qildi

Fuat O’ktay Gruziyada yangi hukumat tuzilganligi munosabati bilan tabriklab, vazir David Zalkalianiga yangi lavozimda katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvilini Turkiyaga taklif qildi.

1594891
Fuat O’ktay Gruziya TIV rahbari David Zalkalianini qabul qildi
FUAT OKTAY-GÜRCİSTAN

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay rasmiy tashrif bilan Turkiyaga kelgan Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkalianini qabul qildi.

Uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li ham ishtirok etdi.

Fuat O’ktay Gruziyada yangi hukumat tuzilganligi munosabati bilan tabriklab, vazir David Zalkalianiga yangi lavozimda katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Gruziya bosh vaziri Irakli Garibashvilini Turkiyaga taklif qildi.

Uchrashuvda Gruziya va Turkiya o’rtasidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ikki mamlakat o’rtasida erkin savdo shartnomasi doirasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.

Temir Ipak yo’li deb baholangan Osiyo-Yevropa qit’alararo temir yo’li koridori loyihasi mintaqa jihatidan yaxshi natijalarga olib kelishi qayd etildi. Ushbu loyiha bo’yicha hamkorlikni yana-da kuchaytirish haqida kelishib olindi.


Tanlangan kalimalar: #David Zalkaliani , #Fuat O'ktay , #Gruziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar