Turkiya YXHTning Ukrainadagi missiyasi faoliyatlarini qo'llab-quvvatlaydi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi kuzatuv missiyasi tarkibidagi turk delegatsiyasi bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda twitterda ma’lum qildi.
“Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi kuzatuv missiyasi tarkibidagi turk delegatsiyasi bilan online uchrashuv o’tkazdik. Ular muvaffaqiyatli faoliyatlari bilan nafaqat u yerdagi vaziyatni tinchlantirishga hissa qo’shmoqda, balki barqarorlik o’rnatilishiga zamin yaratmoqda. Missiya faoliyatlarini qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.
Aloqador xabarlar
Erdo‘g‘an Iroqning PKKni «terror tashkiloti» deb e’lon qilishini kutayotganliklarini bildirdi
Prezident Erdo‘g‘an, vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi.