Fuat O’ktay:"Turkiyada yalpi ichki mahsulot hajmi 1.8 foiz oshdi"

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay pandemiya sharoitida Turkiyaning o’sish sur’ati pasaymaganligini ma’lum qildi.

1592838
Fuat O’ktay:"Turkiyada yalpi ichki mahsulot hajmi 1.8 foiz oshdi"

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay pandemiya sharoitida Turkiyaning o’sish sur’ati to’xtamaganligini ma’lum qildi.

Fuat O’ktay twitter orqali Turkiyaning 2020 yilga oid o’sish ko’rsatgichiga e’tibor qaratdi.

“Pandemiyaning murakkab sharoitida o’sish sur’atimiz pasaymadi. Katta yigirmatalik (G-20) davlatlari orasida Xitoy bilan birga o’sish ko’rsatgichi yuqori bo’lgan davlatga aylandik. To’xtash yo’q, yo’limizda davom etamiz”,-deb yozgan Turkiya vitse-prezidenti.

Ta’kidlanishicha, Turkiyada yalpi ichki mahsulot hajmi 2020 yilda 1.8 foiz oshdi.

Turkiyaning yalpi ichki mahsuloti 2020 yilning to’rtinchi choragida avvalgi yilning ayni choragiga nisbatan 5.9 foiz ortish ko’rsatdi.



Aloqador xabarlar