Turkiyada koronavirus bilan bog'liq 11 837ta yangi holat qayd etildi

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiyada 2-mart soat 20:00 holatiga ko’ra, 68 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.

1592328
Turkiyada koronavirus bilan bog'liq 11 837ta yangi holat qayd etildi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi karantin cheklovlari yumshatildi. Biroq, kunlik virusga chalinish holati tobora oshib bormoqda. Shu kungacha mamlakat bo’ylab virusga chalinganlarning 80 foizi sog’aydi. Turkiyada ba'zi viloyatlarda yakshanba kuni komendantlik soati davom etmoqda.

Turkiyada 2-mart soat 20:00 holatiga ko’ra, 68 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi.

Shu vaqtgacha mamlakat bo'ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 28 ming 706 nafarga yetdi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ayni vaqtda so'nggi bir kunda 135 ming 291 kishi koronavirus infektsiyasiga qarshi test qilindi. Ulardan 668 nafariga koronavirusdan kasallanish tashxisi qo'yildi. So'nggi bir kunda koronavirus bilan bog'liq 11 ming 837 ta yangi holat qayd etildi.

Virus yuqtirib olgan bemorlardan yana 7892 nafari sog’aygan, shu bilan Turkiyada koronavirusdan sog’ayib ketganlarning umumiy soni 2 mln 586 ming 73 nafarni tashkil qilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar