Zelenskiy Turkiya prezidenti Erdo’g’anni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarini bildirdi. “Yaqin do’stim Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning tug’ilgan kuni qutlug’ bo’lsin!”,dedi Vladimir Zelenskiy o’z tabrigida.

1591280
Zelenskiy Turkiya prezidenti Erdo’g’anni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anni tug’ilgan kuni bilan tabrikladi.

Zelenskiy twitter orqali turkcha yo’llagan tabrigida Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, Davlat rahbari Ukraina bilan Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi. Qolaversa, Turkiya Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlaganligini taqdirladi.

Zelenskiy Turkiyaga tashrifini haligacha mamnuniyat bilan yodga olishini va ikki davlat munosabatlarini chuqurlashtirish uchun Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining 9-yig’ilishini sabrsizlik bilan kutayotganligini tilga oldi.

“Yaqin do’stim Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning tug’ilgan kuni qutlug’ bo’lsin!”, deb yozadi Ukraina prezidenti o’z tabrigida.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bugun, 26 fevral kuni 67 yoshini nishonlamoqda.



Aloqador xabarlar