Erdo'g'an:"Terrorizmga qarshi kurashish insoniy vazifamizdir"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya majlisida ma’ruza qildi. Prezident Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi qat’iyligi haqida so'z yuritdi.

1589919
Erdo'g'an:"Terrorizmga qarshi kurashish insoniy vazifamizdir"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya majlisida ma’ruza qildi.

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi qat’iyligi ba’zi davlatlarni bezovta qilayotganini tilga olgan Erdo’g’an: “Yana bir bor aytamanki, bu operatsiyalar nafaqat qonuniy haqqimiz, balki insoniy vazifamizdir. Terrorizmning inigacha kirib, ildizini quritish bizning vazifamizdir”,-dedi.

“Nima qilsa qilsin, xalqimizning birdamligini buza olmaydilar. Istiqlol va istiqbol sevgimizni so’ndira olmaydilar. Jonimizdan aziz bo’lgan vatanimizni parchalay olmaydilar. Mamlakatimizni tiz cho’ktira olmaydilar”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Dunyoda butun muvozanatni tubdan o’zgartirib yuborgan global pandemiya tufayli yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yaqindan kuzatib borayotganligini tilga olgan Erdo’g’an:

“Mamlakatmizda ham o’z kuchini ko’rsatgan koronavirus 2 mlndan ortiq vatandoshimizning kasallanishiga sabab bo’ldi. Bir qator chora-tadbirlarni olgan holda pandemiyani eng kam zarar bilan yengib o’tishda muvaffaqiyatga erishib, 2020 yilni o’sish ko’rsatgichi bilan yakunlagan davlatlardan biri bo’ldik. Hozirda g’arb mamlakatlari Turkiyadagi sog’liqni saqlash tizimidan o’rnak olmoqda”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Turkiya

Aloqador xabarlar