Turkiyada o’qituvchilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk o’qituvchilarni koronavirusga qarshi emlash safarbarligini boshlab berdi. U Chorum viloyatida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Ikkinchi dozasi 28 kun o’tgach emlanadi.

1589743
Turkiyada o’qituvchilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi emlash qizg’in davom etmoqda.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, mamlakatda shu kungacha koronavirusga qarshi emlanganlar soni 6 mlndan oshdi. Ular Xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan.

Turkiyada 1 martdan boshlab maktablar pandemiya sharoitiga mos ravishda qisman ochiladi. Shu munosabat bilan bugundan boshlab Turkiya miqyosida barcha o’qituvchilarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi.

Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk o’qituvchilarni koronavirusga qarshi emlash safarbarligini boshlab berdi. U Chorum viloyatida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Ikkinchi dozasi 28 kun o’tgach emlanadi.

Vazir Ziyo Selchuk mamlakat bo’ylab barcha o’qituvchilarni yashash joyiga eng yaqin bo’lgan salomatlik markazlariga murojaat qilib, koronavirusga qarshi emlanishga chaqirdi.

Vazirning ta’kidlashicha, vaksina qabul qilishi uchun 1 mln 259 ming o’qituvchi ro’yxatga olindi.

“Biz o’tgan hafta sog’liqni saqlash vazirligiga 1 mln 259 ming o’qituvchimizning ro’yxatini topshirdik. Barcha vatandoshlarimiz kabi ular ham “2023” raqamiga sms orqali vaksina uchun qachon navbat kelishi haqida ma’lumot olishi mumkin va ma’lum bir kun berilgach, uyiga eng yaqin bo’lgan salomatlik markaziga borib vaksinaning birinchi dozasini qabul qilishi mumkin. Ikkinchi doza ham ayni shaklda emlanadi”,-dedi Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziyo Selchuk.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Ziyo Selchuk , #Turkiya

Aloqador xabarlar