Selim Kiran:"Turkiyada 4 mln qochqin yashamoqda, ulardan 3.6 mlni suriyaliklar..."

Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yovuz Selim Kiran “Inson savdosi va migratsiya huquqi” nomli anjumanda ma’ruza qildi.

1589081
Selim Kiran:"Turkiyada 4 mln qochqin yashamoqda, ulardan 3.6 mlni suriyaliklar..."

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Yovuz Selim Kiran “Inson savdosi va migratsiya huquqi” nomli anjumanda ma’ruza qildi.

U o’z ma’ruzasida bugungi kunda jahon miqyosida 280 mlndan ortiq immigrant, 46 mlnga yaqin uy-joyidan ajralgan inson va 30 mlnga yaqin qochqin borligini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, millionlab inson urush, ocharchilik va kambag’allik tufayli vatanini tark etishga majbur bo’ldi. Turkiya dunyoda eng ko’p qochqinlarga boshpana bergan davlat bo’ldi. Ayni vaqtda 4 mln qochqin Turkiyada yashamoqda. Ulardan 3.6 mlni suriyaliklarni tashkil qiladi.

Suriyadagi gumanitar inqiroz global muammoga aylanganligiga e’tibor qaratgan Yovuz Selim Kiran:

“Qo’shni mamlakatlar ushbu inqirozning yukini yolg’iz o’zi ko’tara olmaydi. Bu sababli har fursatda xalqaro jamoatchilikni bu yukni teng ko’tarishga chaqiryabmiz. Afsuski, bugungacha bu chaqirig’imizga yetarlicha javob berilmadi”,-dedi.

Uning so’zlariga ko’ra, ba’zi davlatlar xalqaro huquqning asosiy tamoyillarini poymol qilishdan chekinmayotir.

“Oxirgi 3 yilda 80 mingdan ortiq qochqin Gretsiya tomonidan mamlakatimizga qaytarib yuborildi. Buning tasvirlarini va bu bilan bog’liq barcha hujjatlarni xalqaro tashkilotlar hamda Yevropa Ittifoqi bilan o’rtoqlashdik. Xalqaro huquqqa va inson huquqlari shartnomalariga barchamiz amal qilishga majburmiz”,-deb aytgan Yovuz Selim Kiran.


Tanlangan kalimalar: #migratsiya , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar