Prezident Erdo‘g‘an, Turk dunyosi birligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an vitse - prezident Fuat Oktay va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov ishtirokida uyushtirilgan “Turk dunyosi Meteorologiya forumi”ga maktub yo‘lladi.

1586988
Prezident Erdo‘g‘an, Turk dunyosi birligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Ham Tog‘li Qorabog‘ urushi ham da pandemiya (Covid - 19) jarayonida boshimizga tushganlar Turk dunyosining mudofaa, diplomatiya, sog‘likni saqlash, qishloq xo‘jaligi, turizm, energiya kabi tarmoqdagi birlik va birdamligining qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatdi”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an vitse - prezident Fuat Oktay va Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov ishtirokida uyushtirilgan “Turk dunyosi Meteorologiya forumi”ga maktub yo‘lladi.  

Erdo‘g‘an unda,

“Turk dunyosi sifatida ortda qolgan davr mobaynida yangi turdagi koronavirus pandemiyasi yuzasidan ko‘pchilikdan ayrildik. Ular orasida do‘stlarimiz, yaqinlarimiz ham bor. Lekin yana huddi shu davrda 30 yillik ishg‘ol ostidagi Tog‘li Qorabog‘ning takror ona vatani bilan quchoqlashishining xursandchiligini chin yurakdan his qildik”. - dedi.

Ozarbayjonliklarni, 44 kun davom etgan dostondek kurash orqali katta g‘alabaga erishishi munosabati bilan tabriklagan Erdo‘g‘an, quyidagilarni qayd etdi:

“Ham Tog‘li Qorabog‘ urushi ham da pandemiya (Covid - 19) jarayonida boshimizga tushganlar Turk dunyosining mudofaa, diplomatiya, sog‘likni saqlash, qishloq xo‘jaligi, turizm, energiya kabi tarmoqdagi birlik va birdamligining qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatdi.

Bir tilda so‘zlashgan, bir dinga ishongan; tarixi bir, madaniyati bir, 300 millionlik buyuk aholi soniga ega bo‘lgan bir oila ekanimizga shu orqali yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Oila a’zolari sifatida kelasi davrda eng asosiy javobgarchiligimiz bu aloqalarni mustahkamlash, o‘rtamizdagi hamkorlikni yana - da rivojlantirishdan iborat bo‘lishi kerak.

Turk dunyosi Meteorologiya ittifoqini tashkil etish fikri, shu jihatdan tashlangan bebaxo qadam degan fikrdaman”.

 



Aloqador xabarlar