Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar bilan muloqot qildi

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak kecha Rag’oyip qandili munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, ikki davlatning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

1586586
Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an kecha, 18 fevral kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar bilan telefon orqali muloqot qildi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak kecha Rag’oyip qandili munosabati bilan bir-birlarini samimiy tabriklab, ikki davlatning birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Koronavirusning global miqyosda tarqalishi va jahon iqtisodiyotiga salbiy taʼsiri bilan bog‘liq murakkab sharoitda Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi  o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik va ko‘p qirrali sheriklikni izchil rivojlantirishga erishilgani alohida taʼkidlandi.

Pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilgan yordam va amaliy ko‘mak uchun Turkiya tomoniga alohida minnatdorlik bildirildi.

Erdo’g’an Kiprdagi turk xalqi global xatar – koronavirusga qarshi kurashda yolg’iz emasligini, qo’lidan kelgan barcha yordamni ko’rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

O’tmishda bo’lganidek, bundan keyin ham Turkiya Respublikasi bilan o’zaro qardoshlik munosabatlarini davom ettirishini ta’kidlagan Ersin Tatar, avvalo prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga va turk xalqiga cheksiz minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, muloqot chog’ida Kipr orolidagi o’zgarishlar, koronavirusga qarshi kurash va vaksina bilan bog’liq vaziyat muhokama qilindi.

Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda bo’lib o‘tdi.



Aloqador xabarlar