Mavlud Chavusho’g’li va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, tomonlar Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajap Tayyip Erdo’g’an va Vladimir Putin o’rtasida bo’lib o’tgan telefon orqali muloqoti yakuni bo’yicha fikr almashdi.

1586520
Mavlud Chavusho’g’li va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 18 fevral kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, tomonlar Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajap Tayyip Erdo’g’an va Vladimir Putin o’rtasida bo’lib o’tgan telefon orqali muloqoti yakuni bo’yicha fikr almashdi.

Prezidentlik matbuot xizmati xabar berishicha, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18 fevral kuni bo’lib o’tgan muloqotida Turkiya-Rossiya munosabatlarining butun salohiyatini samarali ishga solish va keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirish lozimligini qayd etdilar, shuningdek Suriya va Liviya masalasi kabi xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Prezident Erdo’g’an Tog’li Qorabog’da sulh bitimi doimiyligini saqlab qolish uchun tomonlar mushtarak g’ayrat ko’rsatishi zarurligini ta’kidladi.

Qolaversa, 2021 yilgi ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi, ularga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha birinchi galdagi choralar belgilab olindi.

Turkiya va Rossiya prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ishonch, ochiqlik va do‘stona ruhda bo’lib o‘tdi.


 



Aloqador xabarlar