Turkiya Nigeriyadagi hujumni keskin qoraladi

Turkiya Nigeriyadagi qurolli guruh tomonidan uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi.

1585875
Turkiya Nigeriyadagi hujumni keskin qoraladi

Turkiya Nigeriyada qurolli guruhlar tomonidan maktab - internatga qarshi uyushtirilgan va bir o‘quvchining umriga zomin bo‘lgan shuningdek, 40 dan ortiq o‘quvchi bilan o‘qituvchi olib qochilgan hujumni keskin qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Nigeriyaning Niger shtatiga qarashli Kagara mintaqasida joylashgan maktab - inernatga qarshi qurolli bir guruh tomonidan uyushtirilgan hujumda 40 dan ortiq o‘quvchi bilan o‘qituvchining qochirilgani, shuningdek voqea chog‘ida bir o‘quvchining halok bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan oldik”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Nigeriya xalqi va hukumatiga ta’ziya izhor etilib, hamdardlik bildirilgan bayonotda,

“Gunohsiz o‘quvchilarga qarshi qo‘l urilgan bu dahshatli hujumni keskin qoralaymiz. Bedarak yo‘qolgan o‘quvchi va o‘qituvchilarning tezlik bilan oilalari bag‘riga sog‘ - salomat qaytishini tilaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Nigeriya , #maktab - internat

Aloqador xabarlar