TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li 18 fevralda Ozarbayjonga safar qiladi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Bakuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilinadi.

1585637
TIV rahbari Mavlud Chavusho’g’li 18 fevralda Ozarbayjonga safar qiladi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 18 fevral kuni Ozarbayjonga safar qiladi.

Mavlud Chavusho’g’li poytaxt Bakuda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashadi, shuningdek Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif doirasida Turkiya-Ozarbayjon-Gruziya uch tomonlama tashqi ishlar vazirlarining 9-sammiti bo’lib o’tadi. Sammitda Gruziyadan bosh vazir o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani ishtirok etadi.

Olingan ma’lumotga ko’ra, Mavlud Chavusho’g’li bilan Gruziya bosh vazir o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani o’rtasida o’zaro uchrashuv bo’lib o’tadi.

Uchrashuv va muzokaralarda ushbu mamlakatlar o’rtasidagi mavjud munosabatlarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar, mintaqaviy dolzarb masalalarga doir o’zgarishlar hamda strategik sheriklik darajasida hamkorlikni rivojlantirish yo’lida amalga oshiriladigan tashabbuslar muhokama qilinadi.



Aloqador xabarlar