Erdo‘g‘an: “Terror muammosini tubdan hal qilgunga qadar kurashni davom ettiramiz”.

Erdo‘g‘an, poytaxt Anqarada uyushtirilgan partiyasining navbatdagi viloyat kongressida terrorga qarshi kurash masalasiga to‘xtaldi.

1585473
Erdo‘g‘an: “Terror muammosini tubdan hal qilgunga qadar kurashni davom ettiramiz”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an mamlakatda terror muammosini tubdan hal qilgunga qadar kurashni, qarorlilik bilan davom ettirishlarini bildirdi.

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo‘g‘an, poytaxt Anqarada uyushtirilgan partiyasining navbatdagi viloyat kongressida terrorga qarshi kurash masalasiga to‘xtaldi.

Mamlakatda va mamlakatdan tashqarida oxirgi terrorist ham yo‘q qilingunga qadar amaliyotlarni davom etishlarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Terror boshini ezib, bu mamlakatda terror muammosini tub - tubidan hal qilgunga qadar kurashni davom ettiramiz. Bu jannat vatanni jonimiz evaziga FETO terror tashkilotiga a’zo xoinlarga ham, PKK terror tashkiloti qotillariga ham, DEAShga mansub jinoyatchilarga berib qo‘ymadik, bermaymiz ham”. - deya gapirdi.

Prezident yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi haqida esa, davlat sifatida pandemiyaning birinchi kunidan e’tiboran mamlakatda va chet elda yashagan hech qaysi yurttoshni yolg‘iz qo‘ymaganliklarini ifoda etdi.

Turkiyada 5 million 200 mingdan ortiq kishining emlangani va emlash ishlarining jadal tusda davom etganini yodga solgan Erdo‘g‘an,

“Hammaga munosib biz yo‘lga qo‘ygan maxsus dasturlar orqali iqtisodiyotimizni himoya qildik. Yevropaning umumiy soniga yaqinlashgan reanimatsiya o‘rinlari soni va bir milliondan ortiq tibbiy xodimlarimiz bilan jarayonni yorug‘ yuzimiz bilan boshqardik”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar