MMV: “Satterfield, Garadagi qatliomdan PKKni javobgar deb topganliklarini tasdiqladi”.

David Satterfield, Garada 13 nafar Turk fuqarosining o‘ldirilishidan PKK terror tashkilotini javobgar deb topdi.

1584589
MMV: “Satterfield, Garadagi qatliomdan PKKni javobgar deb topganliklarini tasdiqladi”.

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning Anqaradagi elchisi David Satterfield, Garada 13 nafar Turk fuqarosining o‘ldirilishidan PKK terror tashkilotini javobgar deb topdi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Satterfield bilan kecha oqshom Milliy Mudofaa vazirligida uchrashuv o‘tkazilgani qayd etilgan holda,

“Uchrashuvda AQSh elchisi Satterfield, Garada uyushtirilgan harakatda shahid bo‘lgan personalimiz va harakat chog‘ida PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan 13 nafar fuqaromiz uchun ta’ziya izhor etib, Garada yuz bergan qatliomdan PKK terror tashkilotini javobgar deb topganliklarini tasdiqladi”. - deyildi.

Elchilikning ushbu dahshatli hujum haqida kecha bergan bayonotida, “To‘g‘ri bo‘lsa” degan ifodani ishlatishi, Anqarada qattiq e’tirozga yo‘l ochgandi.


Tanlangan kalimalar: #MMV , #David Satterfield , #Garadagi qatliom , #PKK

Aloqador xabarlar