Turkiyada Covid - 19ga qarshi emlanganlar soni 4 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi emlanganlar soni 4 milliondan oshdi.

1583864
Turkiyada Covid - 19ga qarshi emlanganlar soni 4 milliondan oshdi

Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi emlanganlar soni 4 milliondan oshdi.

Koronavirusga qarshi kurash asosida tashkil topgan Ilmiy kengash tavsiyasiga tayangan holda Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan belgilab olingan “Covid - 19 ga qarshi vaksinadan foydalanish strategiyasi”ga ko‘ra, 13 - yanvar kuni Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja va ilmiy kengash a’zolari emlandi.

Ortidan 14 - yanvar kuni emlash faoliyatlari mamlakatdagi tibbiy xodimlarni emlash bilan boshlatildi.

Sog‘likni Saqlash vazirligi tomonidan bo‘lishilgan oxirgi ma’lumotga ko‘ra Turkiyada emlangan fuqarolar soni 4 million 197 ming nafardan oshdi.

Vaksinannig birinchi dozasini olganlar soni 3 million 600 ming, ikkinchi dozasini olganlar soni esa 570 ming nafardan oshdi.

Mavzu haqida Twitter hisobi orqali bayonot bergan Sog‘likni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja,

“Bugun 500 000 dan ortiq emlash ishlarini amalga oshiryapmiz. Emlanganlar soni ortgan sari, muammolar ham kamayadi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #vaksinadan foydalanish , #Covid-19

Aloqador xabarlar