Turkiya, Eron va Rossiya ertaga yana Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oladi

Turkiya, Eron va Rossiya Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo‘lga olish uchun shu bilan o‘n beshinchi marotaba yig‘ilish o‘tkazadi.

1583756
Turkiya, Eron va Rossiya ertaga yana Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oladi

Turkiya, Eron va Rossiya Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo‘lga olish uchun shu bilan o‘n beshinchi marotaba yig‘ilish o‘tkazadi.

Rossiyaning Sochi shahrida ertaga boshlaydigan va ikki kun davom etadigan Suriya masalasidagi navbatdagi yig‘ilishida maydondagi va siyosiy jarayondagi oxirgi vaziyatning qo‘lga olinishi, Bashar al - Asad rejimining murosasiz munosabati yuzasidan o‘z ishida ilgarilay olmagan konstitutsiya qo‘mitasi uchrashuvlari natijasining muhokama qilinishi kutilmoqda.

Suriya masalasi ustidan Ostona formatining kafili Turkiya, Eron va Rossiya hay’atini uchrashtiruvchi yig‘ilish, Shvetsariyaning Jeneva shahrida 29 - yanvar kuni yakun topgan lekin BMTning Suriya masalasi bo‘yicha oliy vakili Geir O. Pedersenning ifodasi bilan, “umidsizlikka” aylangan Suriya konstitutsiyasi qo‘mitasining 5 - bosqichining soyasida uyushtiriladi.

Qo‘mitaning oxirgi yig‘ilishida muxoliflar konstruktiv, rejim esa jarayonning ilgarilashiga oyoq tiragan munosabatda bo‘lar ekan Pedersan, taqdim etgan takliflarining muxolifat tomonidan qabul qilingani, rejimning esa rad etganini bildirgan. Shu bois ham vaziyat o‘zgarmagudek bo‘lsa unda “Qo‘mita yig‘ilishlari uchun taklif qilolmasliklarini” ifoda etgandi.

Jenevada to‘xtab qolgan konstitutsiya faoliyatlaridan ko‘p o‘tmay Turkiya, Eron va Rossiya ertaga Sochida uchrashuv o‘tkazar ekan unda ko‘proq qo‘mita yig‘ilishlarining yurishiga e’tibor qaratiladi.

Muxoliflarning konstitutsiyaning birinchi faslidagi eng asosiy 10 prinsibni tamomlab, taqdim etishiga qaramay rejimning kun tartibi va konstitutsiya yozishdan boshqa masalalarga e’tibor qaratishi yuzasidan ilgarilay olmagan Konstitutsiya qo‘mitasi uchrashuvlaridagi oltinchi bosqich oqibatining, Sochi yig‘ilishining muhim nuqtalaridan birini tashkil etishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda keyingi konstutsiya uchrashuvlarninig qachon bo‘lishiga aniqlik kiritilishi murakkab ko‘rinishiga qaramay qo‘mitaning takror yig‘ilish o‘tkazib, yo‘l olishi uchun tez-tez uchrashuvlar uyushtirishi tahmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar