Prezident Erdo‘g‘an: “Turk armiyasi oldida hech kim turolmaydi”.

Prezident, AQShni tanqid qildi.

1584159
Prezident Erdo‘g‘an: “Turk armiyasi oldida hech kim turolmaydi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an PKK terror tashkiloti tomonidan Iroqning shimolidagi Gara mintaqasida 13 nafar Turk fuqarosining shahid qilinishiga hech qanday munosabat bildirmagan Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) ga e’tiroz bildirgan holda,

“Bundan buyon talon - taroj yo‘q. Siz bilan NATO orqali ittifoqdoshligimizni davom ettirgudek bo‘lsak unda terroristlar yonida o‘rin olmaysiz”. - dedi.

Erdo‘g‘an, PKK terror tashkilotining 13 nafar Turk fuqarosining shahid qilinishiga jimjirt qarab turgab AQShga e’tiroz etib,

“Bundan buyon talon - taroj yo‘q. Siz bilan NATO orqali ittifoqdoshligimizni davom ettirgudek bo‘lsak unda terroristlar yonida o‘rin olmaysiz. Xo‘sh, siz PKKning, YPGning, PYDning yonida emasdingiz. Ochiq - oydin, ular yonida va orqasidasiz. Bu begunohlarning qoni terror tashkilotini qo‘llab - quvvatlagan, ularga yordam bergan, ularni yo‘qtirgan hammaning qo‘liga yuqdi. Terror tashkilotlarining tashviqot vositalariga aylangan ijtimoiy tarmoqlar, hammangiz 13 nafar qurolsiz va gunohsiz insonning o‘limidan javogarsiz”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an Garada uyushtirilgan “Panja - Qaplon - 2” amaliyoti haqida esa,

“Avvalom bor inlarining, g‘orlarining hammasiga kiramiz degandik, 42 terrorist o‘ldirildi. Har yili kuchiga - kuch qo‘shilgan Turk armiyasi oldida tura oladigan terror tashkiloti yo‘q. Askarlarimiz oldida turolmagan terror tashkilotining afsuski pastkashliklari cheksiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Turk armiyasi bilan faxrlanishi bildirgan Erdo‘g‘an,

“Armiyamiz vaqt va o‘rin tanlamay yurtimiz va xalqimiz ehtiyoji uchun har bir amaliyotni o‘z imkonlari bilan olib borish kuchiga erishganidan faxrlanamiz”. - dedi.

O‘z so‘zida PKK terror tashkilotining tinch aholi qatliomlariga to‘xtalgan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,  

“PKK terror tashkilotining tinch aholi qatliomlarini kitobga aylantirgudek bo‘lsak unda g‘arbliklarning mashhur ensiklopediyalari hajmini ortda qoldiradi”. - deya gapirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar