Eskishahar dunyoning eng xavfsiz shaharlari ro‘yhatida birinchi o‘nlikka kiritildi

“Numbeo” tadqiqot shirkati, jinoyat nisbatlariga tayangan holda “eng xavfsiz shaharlar” ro‘yhatini tayyorladi.

1573905
Eskishahar dunyoning eng xavfsiz shaharlari ro‘yhatida birinchi o‘nlikka kiritildi

Eskishahar dunyoning eng xavfsiz shaharlari ro‘yhatida birinchi o‘nlikka kiritildi.

“Numbeo” tadqiqot shirkati, jinoyat nisbatlariga tayangan holda “eng xavfsiz shaharlar” ro‘yhatini tayyorladi. Yillik tayyorlangan ushbu hisobotga 431 shahar kiritildi va eng yuqori o‘rin Birlashgan Arab Amiriligi poytaxti Abu Dabi shahriga berildi.  

Ilk o‘nlikda BAAning uchta shahri o‘rin olar ekan Abu Dabi, 100 bal ustidan 88.46 bal oldi. Shahar, xavfsizlik ko‘rsatkichi orqali shu bilan ketma - ket beshinchi marotaba birinchi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Turkiyaning Eskishahar viloyati 82.42 bal bilan sakkizinchi bo‘lgan ro‘yhatda Antaliya 72.83 bal bilan oltmish birinchi qatorda o‘rin oldi.

Birinchi o‘nlikka kiritilgan shaharlar quyidagicha:

1. Abu-Dabi, BAA

2. Doha, Qatar

3. Taypey, Tayvan

4. Kvebek, Kanada

5. Syurix, Shveytsariya

6. Shardja, BAA

7. Dubay, BAA

8 Eskishahar, Turkiya

9. Myunxen, Germaniya

10. Trieste, Italiya

Ro‘yhat jinoyat indeksi jihatidan qo‘lga olinganida uzoq yillardan buyon eng xavfli shahar sifatida qabul qilingan Venesuela poytaxti Karakas, 100 ustidan 84.68 bal bilan eng yuqori qatorda o‘rin oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eskishahar , #Numbeo , #eng xavfsiz shahar

Aloqador xabarlar