Turk Qizil yarim oy jamiyati Tel Abyaddagi 100 oilaga yordam ashyolari yetkazib berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Tel Abyaddagi yordamga muhtoj 100 oilaga yordam ashyolari yetkazib berdi.

1573231
Turk Qizil yarim oy jamiyati Tel Abyaddagi 100 oilaga yordam ashyolari yetkazib berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Suriyada, “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti orqali terror tashkilotidan qutqarilgan Tel Abyad tumanidagi yordamga muhtoj 100 oilaga yordam ashyolari yetkazib berdi.

Suriyada, insonparvarlik yordam ashyolari tarqatgan Turk Qizil yarim oy jamiyati xodimlariga bu gal Turkiyaning Shanliurfa shahar hokimi o‘rinbosari O‘g‘uzhan Erdi Atak va Turk Qizil Yarim oy jamiyatining Suriya faoliyatlari yetakchisi Ayhan Karagul ham qo‘shildi.

Tel Abyadda yordamga muhtoj 100 oilaga gigiena vositalari to‘plami, oziq - ovqat qutisi va odeyallar berildi. Tel Abyad shahar markazida, “Hayrat” nomidagi yetimxonadagi 17 nafar bolaga ham kiyim - kechak tarqatildi.  

Turk Qizil yarim oy jamiyati Idlib viloyati bilan birga, “Zaytun novdasi”, “Firot qalqoni” va “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan mintaqalarda ham insonparvarlik yordami faoliyatlari olib bormoqda.



Aloqador xabarlar