Erdo‘g‘an: “Uchta mahalliy yangi vaksina nomzodi faoliyati oxirgi bosqichda”.

Prezident Erdo‘g‘an Prezidentlik kulliyasida, Turkiya ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi TÜBİTAK va Turkiyaning Fanlar akademiyasi TÜBAning ilmiy mukofatlar marosimida ishtirok etdi.

1573046
Erdo‘g‘an: “Uchta mahalliy yangi vaksina nomzodi faoliyati oxirgi bosqichda”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi vaksina faoliyatlari haqida gapirar ekan, 3 ta mahalliy yangi vaksina nomzodi faoliyatining oxirgi bosqichda ekanini qayd etdi.  

Prezident Erdo‘g‘an Prezidentlik kulliyasida, Turkiya ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi TÜBİTAK va Turkiyaning Fanlar akademiyasi TÜBAning ilmiy mukofatlar marosimida ishtirok etdi.

Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida, har bosqichda ta’lim va ilmiy faoliyatlarni qo‘llab - quvvatlashni ustivor vazifalari qatoriga joylashtirganliklarini ta’kidladi.

Aviatsiya, kosmik va texnologiyalar festivali (Teknofest) musobaqalari orqali yoshlarni hayajon bilan katta ixtiro ortidan tushishga undaganliklarini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Oxirgi 2 yilda 159 talabamiz xalqaro va mintaqaviy ilmiy olimpiadalardan 144 medal va 8 ta faxriy daraja bilan qaytishdi”. - dedi.

Turk olimlarning sog‘likni saqlash tarmog‘ida yo‘lga qo‘ygan faoliyatlarini yaqindan kuzatganini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“436 ilmiy xodimimiz vaksina va dori ishlab chiqarish masalasida 17 ta loyiha ustida ish olib bormoqda. Bugungi kunda 3 ta mahalliy yangi vaksina nomzodi faoliyatlari oxirgi bosqichda. Mavjud inaktiv vaksinalardan yana - da ta’sirli tuzilishga ega bo‘lgan vaksina nomzodimiz faoliyatlari davom etmoqda. Xudo xohlasa, o‘z vaksinasini ishlab chiqargan davlat sifatida xalqaro platformada oldingi qatorda o‘rin olamiz”. - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an, Jahon Sog‘likni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra Turkiyaning, Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) va Xitoydan keyin Covid - 19 masalasida eng ko‘p vaksina loyihasi olib borgan uchinchi davlat ekanini bildirdi.

2025 - yili Butunjahon ilmiy forumga mezbonlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirgan Erdo‘g‘an,

“Bu yil mobaynida yangi chaqiriq bilan o‘z sohasining eng muvaffaqiyatli kamida 100 tadqiqotchisini yurtimiz xizmatiga taqdim etamiz”. - dedi.

Prezident Erdo‘g‘an so‘zlari ortidan TÜBİTAK va TÜBAning ilmiy mukofatlariga sazovor deb topilgan ishtirokchilarga mukofatlarini topshirdi.

 



Aloqador xabarlar