Turkiya va Gretsiya dengiz chegaralari bo‘yicha muzokara o'tkazdi

“5 yil avval to’xtab qolgan muzokaralar 25 yanvar dushanba kuni Istanbulda amalga oshirildi. Muzokaralar ikkala tomon uchun ham samarali bo’ldi”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

1572485
Turkiya va Gretsiya dengiz chegaralari bo‘yicha muzokara o'tkazdi

 

Turkiya va Gretsiya dengiz chegaralari bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi. Muzokaralarning 61-raundi Istanbulda bo’lib o’tdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li muzokaralar o’ta samarali va do’stona ruhda bo’lib o’tganligini ma’lum qildi.

“5 yil avval to’xtab qolgan muzokaralar 25 yanvar dushanba kuni Istanbulda amalga oshirildi. Muzokaralar ikkala tomon uchun ham samarali bo’ldi”,-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

Uning ta’kidlashicha, muzokaralarda mavjud muammolar muhokama qilindi. Albatta, bir yig’ilishning o’zida barcha muammolarni hal qilib bo’lmaydi. Biroq, muzokaralarning qayta boshlanganligi o’ta muhim voqea. Muzokaralarning 62-raudiga mezbonlik qilish navbati Gretsiyada.

Ikki davlat o’rtasida kelisha olmagan azaliy muammolar mavjudligiga diqqat qaratgan Chavusho’g’li: “Azaliy muammolarni hal qilish xususida fikr almashish ikki qo’shni davlat o’rtasida kamida haroratning pasayishiga zamin yaratadi. Balki, kelgusida muammolarga doimiy yechim topish jarayoniga hissa qo’shadi”,-dedi.

Eslatish joizki, Turkiya va Gretsiya 2002 yildan 2016 yilgacha dengiz chegaralari bo‘yicha 60ta muzokara o‘tkazgan, so‘ngra ular Gretsiya tomonining e'tiroziga ko‘ra to‘xtatilgandi.    

Gretsiya faqat Egey dengizi va Sharqiy O‘rta yer dengizi suv hududlarining demarkatsiyasi masalasini, Turkiya esa barcha masalalarning, jumladan havo hududi va Egey dengizidagi ba'zi orollar maqomini hal qilmoqchi.

Bundan tashqari, Turkiya Gretsiyani xalqaro va ikki tomonlama kelishuvlarga hilof ravishda Egey orollariga qo’shin joylashtirganlikda ayblab keladi. Gretsiya esa, Turkiyaning bu ayblovlarini rad etib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar