Prezident Erdo‘g‘an: “Asl kun tartibimiz xalqimiz masalalaridir”.

Prezident Erdo‘g‘an partiyasining TBMM guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.

1572169
Prezident Erdo‘g‘an: “Asl kun tartibimiz xalqimiz masalalaridir”.

Prezident shuningdek, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tayyorgarliklari tamomlanish arafasida bo‘lgan yangi islohot paketlarining yaqinda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ga taqdim etila boshlashini bildirdi.

Erdo‘g‘an partiyasining TBMM guruh yig‘ilishida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Xalqimiz bilan bo‘lishganimizda bu islohot takliflarining 2023 va undan keyingi yillarga yetaklaydigan muhim loyihalar ekaniga guvoh bo‘ladilar”. - dedi.

Erdo‘g‘an so‘zlariga, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi qabul qilingan vaksina doirasining keng tus olib, eng qisqa vaqtda ko‘zda tutilgan har bir nuqtaga yetib borishini ham ilova etdi.

“Bizning asl kun tartibimiz xalqimiz masalalaridir”. - degan Prezident:

“Vaksina faoliyatlarining boshlashi bilan yangi sahifaga o‘tdik. Bugungacha mamlakatga 10 million dozalik vaksina olib keldik. Dunyoda bir necha rivojlanganini iddio etgan davlat vaksina topolmayapdi. Biz, Olloxga shukur, tuzgan shartomalarimiz orqali 50 million dozalik vaksinaning 10 million dozasini keltirdik”.- dedi.

Erdo‘g‘an ortidan partiyasining online tarzdagi navbatdagi Erzinjan va Erzurum viloyat kongresslarida ishtirok etdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida ham har kuni mamlakat orzularini amalga oshirishga harakat qilganini ifoda etgan holda,

“Yurtimiz, mintaqamiz va dunyoni yana - da xavfsiz va obod qila olish payidamiz”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar