Erdo'g'an:"Turkiya koronavirus oqibatlarini eng kam zarar bilan yengib o'tishni uddaladi"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya global xatar - koronavirus oqibatlarini rivojlangan davlatlarga qaraganda eng kam zarar bilan yengib o'tishga muvaffaq bo'layotganligini ta'kidladi.

1571471
Erdo'g'an:"Turkiya koronavirus oqibatlarini eng kam zarar bilan yengib o'tishni uddaladi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiya global xatar - koronavirus oqibatlarini rivojlangan davlatlarga qaraganda eng kam zarar bilan yengib o'tishga muvaffaq bo'layotganligini ta'kidladi. Ushbu murakkab jarayonda koronavirusga qarshi ommaviy emlashni tezkorlik bilan amalga oshirganligini ma'lum qildi.

"Pandemiya davrida hukumatimizning ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimiga doir quvvatini sinab ko'rdik. Mana 1 yilga yaqinlashib qolgan pandemiya davrida sog'liqni saqlash sohasida o'ta dahshatli inqirozga uchramadik. 46 mlrd liradan ortiq ijtimoiy himoyalash maqsadidagi to'lovlarimiz natijasida davlatimiz kuchini saqlab qoldik",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo'g'an: "Dunyoning eng rivojlangan davlatlarida vaksina yetishmovchiligi mavjud. Yetkaza olmayotirlar. Lekin, biz vaksina qabul qilishni boshladik. Birinchi bosqichda 50 mln doza vaksinani mamlakatimizga olib kelamiz. Biz eng rivojlangan davlatlarga qaraganda eng kam zarar bilan koronavirus oqibatlarini yengib o'tishni uddaladik",-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar