Turkiya Mali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

“24 yanvar kuni Malida joylashgan Boulkessi va Mondoro harbiy bazalariga sodir etilgan teraktda 6 harbiy halok bo’lganligidan boxabar bo’ldik. Shu munosabat bilan do’st va qardosh Mali hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildiramiz",-deyiladi maktubda.

1570851
Turkiya Mali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Mali Respublikasida sodir etilgan terrorchilik harakatini qoralab, Mali hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“24 yanvar kuni Mali Respublikasida joylashgan Boulkessi va Mondoro harbiy bazalariga sodir etilgan teraktda 6 harbiy halok bo’lganligi va ko’plab harbiy jarohatlanganligidan boxabar bo’ldik. Ushbu terrorchilik harakatini qoralaymiz. Do’st va qardosh Mali hukumati va xalqiga chuqur ta’ziya bildiramiz. Halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Motamsaro oilalarga sabr tilaymiz!”,-deyiladi hamdardlik maktubida.

Ta’kidlash joizki, Mali Respublikasidagi Boulkessi va Mondoro harbiy bazalari vaqti-vaqti bilan janggarilarning hujumiga uchramoqda. 2020 yilning mart oyida Mondorodagi teraktda 5 harbiy halok bo’lgandi. 2018 yilda ham xuddi shu harbiy bazalarga sodir etilgan hujumlarda 40ta harbiy halok bo’lgandi.


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Mali , #Turkiya

Aloqador xabarlar